Namangan viloyatida avtotransport vositalariga o‘rnatilgan reklamalarning qonunchilik talablariga muvofiqligi yuzasidan profilaktik tadbirlar o‘tkazildi
🚛 “Raqamli transformatsiya va autsorsing markazi” DM tomonidan Namangan viloyatida hamkor tashkilotlar bilan birgalikda Namangan shahrining A.Temur ko‘chasida harakatlanuvchi avtotransport vositalarida joylashtirilgan reklamalarning qonunchilik talablariga muvofiqligi hamda reklama joyi pasporti rasmiylashtirilganligi holatini o‘rganishga qaratilgan targ‘ibot-profilaktika tadbiri tashkil etildi.
🚗 Tadbir davomida avtotransport vositalariga joylashtiriladigan reklama davlat raqami, tashqi yoritish jihozlari, tanib olish belgilari va haydovchining ko‘rish doirasini to‘smasligi, transport vositasini boshqarishga xalaqit bermasligi hamda harakat xavfsizligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmasligi lozimligi haqida tushuntirishlar berildi.
✅ Shuningdek, reklama yo‘l harakati ishtirokchilarini chalg‘itmasligi, yo‘l belgilari yoki svetofor signallariga o‘xshash ko‘rinishga ega bo‘lmasligi kerakligi ta’kidlandi. Transport vositalaridan reklama tashuvchi sifatida tijorat maqsadlarida foydalanilganda amaldagi qonunchilik hujjatlari talablariga qat’iy rioya etish zarurligi qayd etildi.
❗️ Profilaktik tadbirlar doirasida haydovchilar va tadbirkorlik subyektlari vakillariga reklama eskizini tayyorlash, reklama joyi pasportini rasmiylashtirish hamda reklamani transport vositasiga qonuniy tarzda o‘rnatish tartiblari bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berildi.
📌 Mazkur targ‘ibot tadbirlari “Reklama to‘g‘risida”gi Qonun va Vazirlar Mahkamasining 428-son qarori talablari ijrosini ta’minlash, shuningdek, tashqi reklama sohasida qonunbuzilishlarning oldini olishga xizmat qiladi.
Facebook | Instagram | X | Youtube| Veb-sayt
