Tashkilot haqida

«Raqamli transformatsiya va autsorsing markazi» davlat muassasasi.

Korxonaning faoliyati predmeti va maqsadlari

Korxonaning faoliyati predmeti va maqsadlari

Korxonaning asosiy maqsadi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining axborot tizimlari va resurslariga texnik xizmat koʻrsatish, elektron maʼlumotlar bazalarining shakllantirilishi, boshqarilishi va xavfsiz saqlanishini taʼminlash hamda Ustavda belgilangan boshqa vazifalarni foyda olish maqsadida amalga oshirishdan iborat.

Quyidagilar korxonaning asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari hisoblanadi:

  1. Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining tarkibiy boʻlinmalari elektron maʼlumotlar bazalarining shakllantirilishi, boshqarilishi va xavfsiz saqlanishini taʼminlash;
  2. Qoʻmitaning tarkibiy boʻlinmalari axborot tizimlari va resurslariga ishchi holatda boʻlishini taʼminlash maqsadida texnik xizmat koʻrsatish;
  3. Telekommunikatsiya va hisoblash texnikasi vositalari xavfsizligini taʼminlash, shunga mos muhandislik infrastrukturasini shakllantirish, uning texnik xizmatini taʼminlash, doimiy modernizatsiya qilib borish;
  4. Qoʻmitaning tarkibiy boʻlinmalarida elektron axborotlarni qayta ishlash uchun texnik vositalarga boʻlgan ehtiyojlar hisobini yuritish, rejalashtirish va texnika vositalari parkini proporsional shakllantirish;
  5. Qoʻmitaga biriktirilgan hududlarda «Mahallabay» ishlarni sifatli tashkil etish.