Vazifasi va funksiyasi

Markazning asosiy vazifalari va funksiyalari.

Korxona oʻziga yuklatilgan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi

Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining tarkibiy boʻlinmalari elektron maʼlumotlar bazalarini boshqarish tizimiga texnik va tizimli xizmat koʻrsatish, shu jumladan ularning shakllantirilishi, boshqarilishi va xavfsiz saqlanishini taʼminlash.

Vazifasi va funksiyasi

Autsorsing xizmatini tashkil qilish sohasida asosiy jalb qilinishi koʻzda tutilgan autsorsing turlari:

  • IT autsorsing faoliyatini yoʻlga qoʻyish;
  • HR (xodimlar) autsorsing faoliyatini yoʻlga qoʻyish;
  • Reklama autsorsing faoliyatini yoʻlga qoʻyish;
  • Boshqa autsorsing faoliyatlarini yoʻlga qoʻyish;
  • Jismoniy va yuridik shaxslardan murojaatlarni qabul qilish uchun axborot-maʼlumot xizmati (Call-center).

Qoʻmitaga biriktirilgan hududlarda «Mahallabay» ishlarni sifatli tashkillashtirish sohasida:

  • Biriktirilgan hududlarda infratuzilma muammolarini bartaraf etish choralarini koʻrish, qurilish, taʼmirlash va obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish;
  • «Mahallabay» ishlash tamoyili asosida aholi bandligini taʼminlash, tadbirkorlik va oʻzini-oʻzi band qilishni ragʻbatlantirish, aholini hunarmandchilik va biznesga oʻrgatish;
  • Tadbirkorlikka qiziqish bildirgan fuqarolarga (ayniqsa ayollar va yoshlarga) kredit va subsidiya olishda koʻmaklashish, hunarmandchilikka qiziqqanlarga zamonaviy uskunalar va mini-texnologiyalarni topishda yordam berish;
  • «Yashil Makon» dasturi doirasidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish;
  • Korxona yuridik shaxs tashkil etmasdan hududlarda filiallar ochish huquqiga ega;
  • Filiallar — korxona joylashgan joydan tashqarida joylashgan va uning funksiyalarining bir qismini yoki barchasini bajaradigan alohida boʻlinmalar;
  • Filiallar va vakolatxonalar alohida yuridik shaxs hisoblanmaydi; ularga Korxona tomonidan mol-mulk beriladi va tasdiqlangan nizom asosida faoliyat yuritadi;
  • Filial rahbarlari Korxona tomonidan tayinlanadi va ishonchnoma asosida uning nomidan ish yuritadi;
  • Korxona Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa faoliyat turlarini ham amalga oshirishi mumkin.