Pharm Info
Farmatsevtik axborot moduli
Pharm Info — FAIR TECH yagona axborot tizimi doirasidagi dori vositalari ulgurji va chakana savdosini monitoring qilish moduli.
Modullar va yoʻnalishlar
- “FAIR TECH” yagona axborot tizimi doirasida “Pharm Info” axborot tizimini ishlab chiqish bo‘yicha loyihaoldi loyiha oldi o‘rganishlar olib borildi va tahliliy ma’lumotlar asosida konsepsiya loyihasi ishlab chiqildi;
- “FAIR TECH” yagona axborot tizimi doirasida “Pharm Info” axborot tizimini ishlab chiqish bo‘yicha texnik shartlar asosida konsepsiya va texnik topshiriq loyihalari tayyorlanib, tegishli ekspertizalardan o‘tkazildi. Ekspertlarning ijobiy xulosalari asosida konsepsiya va texnik topshiriq tasdiqlandi;
- “FAIR TECH” yagona axborot tizimi doirasida “Pharm Info” axborot tizimi ishlab chiqilib, faoliyatga to‘liq joriy etilgan;
- Dori vositalarining ulgurji va chakana savdosida belgilangan referent narxlardan oshirib sotganlik holatlarini axborot tizimi orqali inson omilisiz aniqlash maqsadida Raqobat qo‘mitasi va Soliq qo‘mitasining axborot tizimlarini o‘zaro ma’lumotlar integratsiya qilish bo‘yicha Texnologik yo‘riqnoma loyihasi ishlab chiqilib, tegishli tartibda tasdiqlangan;
