Fair Price

Fair Price axborot tizimi

Fair Price axborot tizimi ijtimoiy muhim va strategik tovarlar narxlarini tizimli monitoring qilish, keskin tebranishlarning oldini olish hamda asossiz oʻsish holatlarini aniqlash maqsadida ishlab chiqilmoqda.

Modullar va yoʻnalishlar

  • “FAIR PRICE” (Adolatli narx) axborot tizimini ishlab chiqish bo‘yicha texnik shartlar asosida konsepsiya loyihasi ishlab chiqildi va tegishli tartibda tasdiqlandi;
  • “FAIR TECH” yagona axborot tizimi doirasida “FAIR PRICE” (Adolatli narx) axborot tizimini ishlab chiqish tegishli qo‘shimcha o‘rganishlar talab qilinganligi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 6-iyuldagi “Ma’muriy islohotlar doirasida raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF-108-son farmonining 3-ilovasi bilan tasdiqlangan Yo‘l xaritasining 17-bandida ushbu axborot tizimini ishlab chiqish muddati 2024-yil mart oyi qilib belgilangan. Mazkur axborot tizimini ishlab chiqish bo‘yicha ishlar davom etmoqda.