Tezkor maslahat
Ko'p beriladigan savollar
Ko'p beriladigan savollar.
-Iste’molchilar quyidagi huquqlarga ega:
-tovar (ish, xizmat) haqida, shuningdek, ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) haqida to‘g‘ri va to‘liq ma’lumot olish;
-tovar (ish, xizmat)ni erkin tanlash va uning tegishli darajada sifatli bo‘lishi;
-tovar (ish, xizmat)ning xavfsiz bo‘lishi;
-hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulki uchun xavfli nuqsoni bo‘lgan tovar (ish, xizmat), shuningdek, ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi)ning g‘ayriqonuniy harakati (harakatsizligi) tufayli yetkazilgan moddiy ziyon, ma’naviy zararning to‘liq hajmda qoplanishi;
-buzilgan huquqlari yoki qonun bilan muhofaza etiladigan manfaatlari himoya qilinishini so‘rab sudga, boshqa vakolatli davlat organlariga murojaat etish;
-iste’molchilarning jamoat birlashmalarini tuzish.
-Iste’molchilarning ijtimoiy himoyaga muhtojlar toifasiga kiritilgan ayrim guruhlari uchun qonunchilik bilan savdo, maishiy xizmat va xizmat ko‘rsatishning boshqa turlari bo‘yicha imtiyozlar va afzalliklar belgilanishi mumkin.
O‘zR “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunining 31-moddasida, nodavlat ta’lim tashkilotlari mustaqil ishlab chiqilgan va litsenziyada ko‘rsatilgan o‘quv dasturlari bo‘yicha ta’lim xizmatlari ko‘rsatishi, nodavlat ta’lim tashkilotlari tomonidan ishlab chiqilgan o‘quv dasturlari bo‘yicha o‘qitish ta’lim oluvchi yoxud uning ota-onaci yoki boshqa qonuniy vakillari va nodavlat ta’lim tashkiloti o‘rtasida tuziladigan, o‘qitish muddatlari, shartlari va to‘lovlari, tomonlarning huquq va majburiyatlari hamda boshqa shartlar belgilanadigan shartnoma asosida amalga oshiriladi.
“To‘lov va to‘lov tizimlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining 21-moddasiga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘lov tizimlarining samarali, ishonchli va xavfsiz ishlashini ta’minlash maqsadida ularning O‘zbekiston Respublikasi hududida ushbu Qonunga muvofiq tartibga solinishini amalga oshiradi.
Pochta aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish qoidalari (2011 yil 18 aprelda Adliya vazirligida 2219-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan)ning:
189-bandida, ichki va xalqaro pochta jo‘natmalari, ichki pul o‘tkazmalarini foydalanuvchiga topshirish imkoni bo‘lmaganda, pochta aloqasi ob’ektida bir oy, kurerlik jo‘natmalari va tezkor pochta jo‘natmalari esa o‘n to‘rt kun mobaynida saqlanishi mumkinligi belgilangan.
“Telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish qoidalari”ning (Adliya vazirligida 2020 yil 30 iyunda 3275-son bilan ro‘yxatga olingan):
3-bandiga ko‘ra, xizmat ko‘rsatish zonasi — operator (provayder) litsenziya shartnomasi asosida telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish huquqiga ega bo‘ladigan va normativhuquqiy hujjatlar bilan o‘rnatilgan shartlarga javob beradigan xizmatlar sifatini ta’minlash uchun texnik imkoniyatlarga ega bo‘lgan hudud hisoblanadi;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 2 martdagi 116-sonli Qaroriga muvofiq berilgan yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasi va harbiy guvohnoma.
2020 yil 30 iyunda Adliya vazirligi tomonidan 3275-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan Telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish qoidalari
