200 ga yaqin manzarali va buta ko‘chatlari ekildi

Chorshanba, 19-noyabr, 2025

Raqobat qo‘mitasi va uning huzuridagi “Raqamli transformatsiya va autsorsing markazi” DM tomonidan "Atrof muhitni asrash va yashil iqtisodiyot yili" davlat dasturi qo‘llab-quvvatlanmoqda va ko‘klamzor hududlarni ko‘paytirish borasida ko‘plab ishlar olib borilmoqda.

 

🌳 Jumladan, markaz xodimlari tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasi bo‘yicha e’lon qilingan “dolzarb bir oylik”da Toshkent viloyati Ohangaron tumani hududidagi katta yo‘l bo‘yida 200 ga yaqin manzarali va buta ko‘chatlari ekildi.