#Sarhisob_2025
“Raqamli transformatsiya va autsorsing markazi” DM: Tadbirkorlik subyektlari va fuqarolardan jami 37 700 dan ortiq arizalar kelib tushdi.
Raqobat qo‘mitasi huzuridagi “Raqamli transformatsiya va autsorsing markazi” DM o‘tgan 2025-yil davomida Qo‘mita va uning hududiy boshqarmalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklarida tashkil etilgan tashki reklamani muvofiqlashtirish bo‘linmalari hamda ushbu vazifalarga mas’ul xodimlar bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tashqi reklama va ijtimoiy axborotning aylanish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishni yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 428-sonli qarori ijrosini ta’minlash bo‘yicha bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirdi.
Xususan, o‘tgan hisobot davrida tashqi reklamalarni pasportlashtirib, joylashtirish borasida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali tadbirkorlik subyektlari va fuqarolardan jami 37 721 ta arizalar kelib tushdi.
2024-yilning mos davrida esa arizalar soni 28 764 tani tashkil etgan.
Shundan,
• 27 958 ta avtotransport vositalariga tashqi reklama joylashtirish;
• 1 660 ta tashqi reklama obyektlari pasportlarini yangi shakldagi pasportga almashtirish;
• 8 103 ta xususiy mulkka tashqi reklamani joylashtirish bo‘yicha arizalar kelib tushgan.
Bundan tashqari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hamda sohaga aloqador idoralar tomonidan “Tashqi reklama” raqamli monitoring elektron tizimi orqali tashqi reklama obyektlari uchun jami 19 394 ta reklama joyi pasportlari rasmiylashtirilgan.
Jumladan,
• 14 914 tasi avtotransport vositalariga tashqi reklamani joylashtirish uchun;,
• 624 ta tashqi reklama pasportlarni yangi shakldagi pasportlarga almashtirish uchun;
• 3 856 ta xususiy mulkka tashqi reklama obyektlarini joylashtirish yuzasidan pasportlar berilishi ta’minlandi.
