❓FUQARODAN SAVOL:
- Transport vositalardagi reklamalar uchun qanday taqiqlovchi qoidalar mavjud?
JAVOB:
☑️ Reklamani transport vositalariga joylashtirish yo‘l harakati xavfsizligi qoidalariga rioya etilgan holda, transport vositalari egalari va transport vositalariga nisbatan boshqa ashyoviy huquqlarga ega bo‘lgan shaxslar bilan tuzilgan shartnomalar asosida amalga oshiriladi.
☑️ Reklamani umumiy foydalanishdagi transport vositalarida, metropoliten bekatlarida, vokzallarda, portlar va aeroportlarda yo‘lovchilarga xabar beruvchi ovozli tarmoqlar orqali tarqatish taqiqlanadi.
MANBA: O‘zbekiston Respublikasi “Reklama to‘g‘risida”gi Qonuni. (https://lex.uz/uz/docs/6052631)
