170 ga yaqin reklama materiallari eskizlaridagi kamchiliklar bartaraf etilib, ularga tegishli xulosalar berildi

Payshanba, 5-fevral, 2026

170 ga yaqin reklama materiallari eskizlaridagi kamchiliklar bartaraf etilib, ularga tegishli xulosalar berildi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tashqi reklamani joylashtirish sohasidagi faoliyatni yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 702-sonli qarorida Raqobat qo‘mitasi huzuridagi “Raqamli transformatsiya va autsorsing markazi” (RTAM) davlat muassasasiga reklama  bozori subyektlarini oldindan ogohlantirishni ta’minlash va profilaktika samaradorligini oshirish  vazifalari belgilangan. Unga ko‘ra, mazkur davlat muassasasi shartnomaga asosan taqdim etilgan reklamalardagi ma’lumotlarningi g‘oyasi, mavzusi va eskizlarini ko‘rib chiqib, tegishli xulosalarini beradi.

🔘Xususan, o‘tgan 2025-yilda “Raqamli transformatsiya va autsorsing markazi” DMga 170 ga yaqin reklama eskizlari bo‘yicha murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, ulardan 50 ga yaqini tijorat banklariga tegishli.

🔘O‘zbekiston Respublikasi “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunning 43-moddasi talablarida moliyaviy xizmatlar ko‘rsatish uchun shartnomalarning muhim shartlarini ochib berishi kerakligi belgilab berilgan.

Biroq murojaatlarni ko‘rib chiqish jarayonida tijorat banklari tomonidan taqdim etilgan   reklama eskizlarida shartnomaning muhim shartlari ochib berilmagani aniqlandi. Ya’ni kredit, omonat xizmatlari, ularning muddati, to‘liq foiz stavkasi, summalari va boshqa muhim shartlari haqida ma’lumot berilmagan. Reklama axborotlarida bu shartlarni ko‘rsatilmay tarqatilishi iste’molchini xizmat turlaridan foydalanganda chalg‘ishiga yoki huquqlarini buzilishiga ham  olib kelishi mumkin.

“RTAM” DM tomonidan murojaat qilgan tijorat banklariga amaldagi reklama to‘g‘risidagi qonunchilik talablari tushuntirildi va  natijada reklama materiallari eskizlaridagi kamchiliklar bartaraf etilib, amaldagi qonunchilikka muvofiqlashtirilishi yuzasidan xulosalar berildi.