15-mart — Butunjahon iste’molchilar huquqlari kuni
Mazkur sana munosabati bilan iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasini keng yoritish, aholining moliyaviy savodxonligini oshirish hamda ommaviy axborot vositalari va jamoatchilik vakillari bilan samarali hamkorlikni mustahkamlashga bag‘ishlangan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Raqobat qo‘mitasi faoliyati yo‘nalishlarini axborot maydonida keng targ‘ib etish, ochiqlik va shaffoflik tamoyillarini ta’minlashga qo‘shgan munosib hissasi uchun Mansurova Umida Sabirovna — Raqobat qo‘mitasi huzuridagi “Raqamli transformatsiya va autsorsing markazi” PR-xizmati yetakchi mutaxassisi Raqobat qo‘mitasining tashakkurnomasi bilan taqdirlandi.
U 15-yildan ortiq davr mobaynida televideniye, radio, bosma nashrlar, internet jurnalistlari va blogerlar bilan hamkorlikda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasidagi dolzarb masalalarni keng yoritishga munosib hissa qo‘shib kelmoqda.
“Raqamli transformatsiya va autsorsing markazi” jamoasi Mansurova Umida Sabirovnani ushbu e’tirof bilan samimiy muborakbod etadi va kelgusi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi.
