“Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!” shiori ostida hashar o‘tkazildi

Chorshanba, 18-mart, 2026

“Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!” shiori ostida hashar o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishiga muvofiq joriy yilning 13–14-mart kunlari mamlakatimiz bo‘ylab “Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!” shiori ostida umumxalq hasharlari o‘tkazilmoqda.

 Ushbu umumxalq hashari doirasida «Raqamli transformatsiya va autsorsing markazi» davlat muassasasi xodimlari tomonidan ham hashar tashkil etildi. Tadbir davomida muassasa binosi atrofi va unga tutash hududlarda obodonlashtirish, hududlarni tozalash hamda sanitariya holatini yaxshilashga qaratilgan ishlar amalga oshirildi.

 Shuningdek, hududlardagi yashil maydonlarni tartibga keltirish, atrof-muhitni obodonlashtirish va sanitariya-gigiyena holatini yaxshilash bo‘yicha amaliy ishlar olib borildi.

 Bunday tadbirlar jamoada hamjihatlikni mustahkamlash, obod va ko‘rkam muhitni shakllantirish hamda yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishga xizmat qiladi.