“Iste’molchi murojaati” axborot tizimi 6 ta vazirlik va idoralarning axborot tizimlari bilan integratsiya qilindi
2026 yilning 1-choragida Raqobat qo‘mitasi huzuridagi “Raqamli transformasiya va autsorsing markazi” DM tomonidan raqamlashtirish va axborot texnologiyalarini joriy etish maqsadida “FAIR TECh” yagona axborot tizimi doirasida “Iste’molchi murojaati” axborot tizimi 6 ta vazirlik va idoralarning axborot tizimlari bilan integratsiya qilindi.
Jumladan,
• O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi;
• O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi;
• O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil;
• O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi;
• O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasi;
• O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligidir.
Endilikda “Iste’molchi murojaati” tizimi foydalanuvchilarini ko‘paytirish va iste’molchilarga qulaylik yaratish maqsadida Raqobat qo‘mitasi CALL markazi qabul qilgan murojaatlarni to‘g‘ridan to‘g‘ri mazkur tizimga kiritish bo‘yicha amaliy ishlar boshlangan.
Bu bilan har bir iste’molchi o‘zi bilan bog‘liq murojaatlar holatini onlayn tarzda kuzatish borish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Ma’lumot o‘rnida. Joriy yilning o‘tgan davrida mazkur tizim orqali kelib tushgan 150 ga yaqin murojaatlar o‘zining ijobiy yechimiga ega bo‘lmoqda.
