Iste’molchiga shaxsiy yordamchi - “AI-maslahatchi” dasturi ishlab chiqildi
Raqobat qo‘mitasi huzuridagi “Raqamli transformasiya va autsorsing markazi” DM tomonidan “FAIR TECh” yagona axborot tizimida doirasida iste’molchilar uchun shaxsiy kabinet (cabinet.fairtech.uz ) platformasi ishga tushirilgan. Mazkur platforma imkoniyatlarini kengaytirish uchun zamonaviy va “aqlli” texnologiyalardan ya’ni sun’iy intellektdan foydalangan holda “AI-maslahatchi” dasturi ishlab chiqildi.
Bu dastur avvalo iste’molchilarning huquqiy oshirish, shuningdek iste’molchilarning murojaatlarini onlayn qabul qilish, ko‘rib chiqish va tezkor maslahat yoki javob berish tizimini joriy etishga qaratilgan.
Tartib bo‘yicha fuqaro cabinet.fairtech.uz havolasi orqali shaxsini tasdiqlab, shaxsiy kabinetiga kiradi va o‘zini savoli yoki muammosi haqida ushbu yordamchi orqali maslahat oladi.
Masalan, kommunal yoki savdo sohasidagi muammosi bo‘lsa qayerga va qanday murojaat qoldirishi, manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha tegishli ko‘rsatma olishi va buzilgan haq-huquqlarini tiklash yuzasidan huquqiy ma’lumot olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
