“Nazorat xaridlari” rukni

Chorshanba, 13-may, 2026

“Nazorat xaridlari” rukni

Qo‘mita va uning hududiy organlari faoliyatiga 2026-yilda joriy etilgan “FAIR TECh” yagona axborot tizimining “Iste’molchi murojaati” modulida “Nazorat xaridlari” rukni tashkil etildi.

Mazkur rukn orqali Qo‘mita va uning hududiy organlari tomonidan o‘tkazilgan nazorat xarid jarayonlari, unga bog‘liq hisobotlarni shakllantirish, shuningdek o‘tkazilgan nazorat xaridi natijalari bo‘yicha ko‘rilgan choralar haqidagi ma’lumotlarni qayd etib borish imkoniyati yaratildi.

Hozirda ushbu rukn faoliyatga sinov tariqasida joriy etilgan va texnik jihatdan doimiy ravishda qo‘llab-quvvatlab kelinmoqda.
Mazkur ruknda 2026-yilning 1-choragida amalga oshirilgan nazorat xaridi tadbirlari va uning
natijalari haqida ma’lumot joylashtirildi.