📌 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 18-martdagi 109-son qarori respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatida ish jarayonlarini raqamlashtirish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish hamda qog‘oz sarfini keskin kamaytirishga qaratilgan muhim normativ-huquqiy hujjat hisoblanadi.
♻️ Mazkur qarorga muvofiq, har oyda kamida bir marotaba “Qog‘ozsiz bir kun” ekoaksiyasini o‘tkazish va ushbu kun davomida hujjatlar aylanishini to‘liq elektron shaklda tashkil etish belgilangan.
💻 “Raqamli transformatsiya va autsorsing markazi” davlat muassasasida ish samaradorligini oshirish, xususan, ekologik barqarorlikni taʼminlash maqsadida har oyning birinchi haftasi — payshanba kuni “Qog‘ozsiz bir kun” ekoaksiyasini o‘tkazish tartibi joriy etildi.
📎 Mazkur tashabbus doirasida xodimlar o‘rtasida elektron hujjat aylanish tizimidan samarali foydalanish, raqamli madaniyatni oshirish va ortiqcha qog‘oz sarfining oldini olishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
📅 Xususan, joriy yilning 21 may kuni bo‘lib o‘tgan tadbir davomida barcha ichki xizmat yozishmalari, buyruqlar, yig‘ilish bayonnomalari, hisobotlar hamda boshqa turdagi hujjatlar to‘liq elektron shaklda yuritildi.
⚡️ Xodimlar tomonidan elektron tizimlardan faol foydalanildi hamda hujjatlar almashinuvi tezkor, qulay va shaffof tarzda amalga oshirildi.
🌱 Shuningdek, mazkur ekoaksiya nafaqat ish jarayonlarini optimallashtirish, balki atrof-muhitni muhofaza qilish, qog‘oz isteʼmolini kamaytirish orqali tabiiy resurslardan oqilona foydalanish madaniyatini shakllantirishda ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Kelgusida ham ushbu tashabbusni izchil davom ettirish, uni yana-da takomillashtirish va barcha tarkibiy tuzilmalarda bosqichma-bosqich keng joriy etish rejalashtirilgan.
Batafsil: https://www.rtam.uz
