Termiz shahrida transport vositalariga joylashtirilgan tashqi reklamalar o‘rganildi

Juma, 17-iyul, 2026

Raqobat qo‘mitasi Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi hamda Qo‘mita huzuridagi “Raqamli transformatsiya va autsorsing markazi” davlat muassasasi tomonidan tarixiy-shaharsozlik muhitini asrash, shahar va tumanlardagi mavjud binolarning me’moriy qiyofasini saqlash, shuningdek, reklama konstruksiyalarini o‘rnatish va ulardan foydalanish sohasida qonunchilik talablariga rioya etilishini ta’minlashga qaratilgan tizimli ishlar davom ettirilmoqda.

Shu munosabat bilan Termiz shahrida Surxondaryo viloyati hokimligi hamda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati bilan hamkorlikda transport vositalariga joylashtirilgan tashqi reklamalar o‘rganildi. Tadbir davomida 20 dan ortiq transport vositasidagi reklama joylarining pasportlari hamda ularni rasmiylashtirish tartibi ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, haydovchilarga O‘zbekiston Respublikasining “Reklama to‘g‘risida”gi Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 428-son qarori talablari yuzasidan tushuntirishlar berilib, tashqi reklamani qonuniy joylashtirish va rasmiylashtirish tartibi bo‘yicha huquqiy targ‘ibot ishlari amalga oshirildi.

 

Bunday tadbirlar tashqi reklama sohasida qonunchilik talablariga rioya etilishini ta’minlash, shahar me’moriy qiyofasini saqlash hamda sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishga xizmat qiladi. Mazkur yo‘nalishdagi o‘rganish va huquqiy targ‘ibot tadbirlarini respublikamizning barcha hududlarida tizimli va doimiy ravishda amalga oshirish rejalashtirilgan.