O‘tgan 35-yilda raqobat siyosati monopoliyani cheklashdan raqobatni rag‘batlantirish, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va raqamli texnologiyalarni joriy etishgacha bo‘lgan katta yo‘lni bosib o‘tdi.

Juma, 28-avgust, 2026

O‘tgan 35-yilda raqobat siyosati monopoliyani cheklashdan raqobatni rag‘batlantirish, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va raqamli texnologiyalarni joriy etishgacha bo‘lgan katta yo‘lni bosib o‘tdi.

 

Raqamli transformatsiyaga qadam qo‘yildi: Raqobat qo‘mitasi huzurida Raqamli transformatsiya va autsorsing markazi tashkil etilib, sohada raqamli texnologiyalardan keng foydalanish uchun yangi imkoniyatlar yaratildi.

 

📝 «Iste’molchi murojaati» elektron tizimi ishga tushirildi: iste’molchi, tadbirkor, nodavlat tashkilotlar va davlat organlarini yagona elektron tizimga integratsiya qilish orqali aholi huquq va manfaatlarini himoya qilish mexanizmi yanada qulay, tezkor va shaffoflashtirildi.

 

📈 Raqamli transformatsiya va autsorsing markazi faoliyati yangi bosqichga ko‘tarildi. «FAIRTECH» 50dan ortiq integratsiya va 1 mlndan ziyod ma’lumotni qamrab olgan kompleks tizimga aylandi. Birja nazorati, komplayens va nazorat xaridlari integratsiya qilinib, AI-yechimlar orqali nazorat jarayonlari tezlashtirildi.

 

Batafsil UzA (O‘zbekiston Milliy axborot agentligi)da.