RYEKLAMALAR DOIMIY NAZORATDA

Payshanba, 17-sentabr, 2026

RYEKLAMALAR DOIMIY NAZORATDA

 

Raqobat qo‘mitasining Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi hamda IIB YXXB xodimlari bilan xamkorlikda Sherobod tumanidagi avtotransport vositalirda o‘rnatilgan reklamalarni O‘zbekiston Respublikasi "Reklama to‘g‘risida"gi va "Davlat tili to‘g‘risida"gi Qonun talablariga rioya etilishi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.

 

 O‘rganish davomida aniqlangan tashqi reklama va tashqi targ‘ibot vositalarini o‘zboshimchalik bilan, qonunchilik talablariga zid ravishda o‘rnatish holatlari yuzasidan tadbirkorlik subyektlari va avtotransport vositalari egalariga tushuntirish va ogohlantirishlar berilib, bartaraf etish choralari ko‘rildi hamda qonun talablariga zid ravishda joylashtirilgan 28 tadan ortiq reklamalar olib tashlandi.

 

 Reklama va targ‘ibot vositalarining qonunchilik talablariga muvofiqligi yuzasidan monitoring tadbirlari o‘tkazish davom etmoqda.