Nukus shahrida tashqi reklama obyektlari bo‘yicha xatlov o‘tkazildi

Payshanba, 17-sentabr, 2026

Nukus shahrida tashqi reklama obyektlari bo‘yicha xatlov o‘tkazildi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shahri hududida tashqi reklama obyektlarining holatini o‘rganish va ulardan belgilangan tartibda foydalanish masalalarini tahlil qilish maqsadida xatlov ishlari amalga oshirildi.
🖊 Xatlov jarayonida:

— hududda joylashgan tashqi reklama obyektlari aniqlandi;
— ularning joylashuvi va holati o‘rganildi;
— tashqi reklama obyektlarining amaldagi talablarga muvofiqligi tahlil qilindi;
— obyektlarni belgilangan tartibda auksionga chiqarish imkoniyatlari o‘rganildi.

Mazkur ishlar tashqi reklama sohasida tartibni ta’minlash, reklama obyektlaridan samarali foydalanish, shuningdek, ushbu sohada ochiqlik va shaffoflikni ta’minlashga qaratilgan.
O‘rganish natijalari asosida tashqi reklama obyektlarini auksionga chiqarish bo‘yicha tegishli tartibda choralar ko‘riladi.
📍 Tashqi reklama sohasidagi jarayonlarni qonunchilik talablari asosida tashkil etish va shaffof mexanizmlarni joriy etish ishlari davom ettiriladi.