Nukus shahrida tashqi reklama vositalari tartibga keltirilmoqda
O‘zbekiston Respublikasining “Reklama to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga rioya etilishini ta’minlash maqsadida Nukus shahrida tashqi reklama vositalari xatlovdan o‘tkazilib, o‘rganish ishlari olib borildi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Raqobat qo‘mitasi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Raqobat qo‘mitasi xodimlari ishtirok etdi.
🔍 O‘rganishlar davomida ayrim tashqi reklama konstruksiyalari belgilangan tartibda rasmiylashtirilmagani aniqlandi.
Tadbirkorlarga:
tashqi reklama vositalarini qonuniy asosda joylashtirish;
reklama pasportini belgilangan tartibda rasmiylashtirish;
elektron tizim orqali murojaat qilish tartibi
yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi.
🖊 Eslatma: tashqi reklamani qonunchilik talablariga muvofiq joylashtirish — tadbirkorning majburiyati hisoblanadi.
Qonunchilik talablariga rioya etish — nafaqat belgilangan talablarni bajarish, balki shahar qiyofasini tartibli saqlash va sog‘lom tadbirkorlik muhitini shakllantirishning muhim shartidir.
