TAShQI REKLAMA: ASOSIY TUShUNChALAR VA UNGA QO‘YILADIGAN TALABLAR
O‘zbekiston Respublikasining “Reklama to‘g‘risida”gi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-fevraldagi 104-son hamda 2023-yil 31-avgustdagi 428-son qarorlariga muvofiq tashqi reklamani joylashtirish belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
🔹 Tashqi reklama konstruksiyalariga quyidagilar kiradi:
• bilbord va pilonlar;
• siti-format va stelalar;
• banner va brandmauer pannolari;
• tom usti konstruksiyalari;
• mediafasad va elektron ekranlar;
• vitraj, markiza va boshqa reklama vositalari.
Reklama konstruksiyalari texnologiyasiga ko‘ra statik, roller/skroller, prizmatron va elektron videoekran turlariga bo‘linishi mumkin.
🔹 428-son qaror bilan tashqi reklama obyektlarini joylashtirish uchun ularni o‘rnatish chizmalarini shakllantirish, joylashtirish huquqini rasmiylashtirish bo‘yicha davlat xizmati hamda konstruksiyalarni demontaj qilish tartiblari belgilangan.
🔹 Tashqi reklama obyektini joylashtirish huquqini tasdiqlovchi muhim hujjatlardan biri — reklama joyining pasporti hisoblanadi. U belgilangan yer uchastkasi, bino yoki inshootda tashqi reklama konstruksiyasini o‘rnatish huquqini tasdiqlaydi.
⚠️ Muhim: tashqi reklama konstruksiyalarini joylashtirishda belgilangan tartib va qonunchilik talablariga rioya qilish zarur. Tashqi reklama konstruksiyalarini joylashtirish uchun reklama joyining pasporti va uni tasdiqlovchi QR-kod mavjud bo‘lishi talab etiladi.
📌 Qonunchilik talablariga rioya qilish — tashqi reklama sohasida tartib, shaffoflik va qonuniylikni ta’minlashning muhim sharti.
