QIZILTEPADA AHOLI BANDLIGI VA DAROMADLARINI OShIRISh BO‘YIChA IShLAR O‘RGANILDI

Seshanba, 22-sentabr, 2026

QIZILTEPADA AHOLI BANDLIGI VA DAROMADLARINI OShIRISh BO‘YIChA IShLAR O‘RGANILDI

 

✈️ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 11-sentyabrdagi PF–193-son Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Raqobat qo‘mitasi huzuridagi “Raqamli transformatsiya va autsorsing markazi” davlat muassasasi rahbari N.Sabirov hamda Qo‘mitaning Navoiy viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari M.Ne’matov Qiziltepa tumanida o‘rganish ishlarini olib bordi.

 

✈️ O‘rganish jarayonida tumandagi shtab faoliyati, shuningdek, Azizobod va Zarmetan mahallalaridagi holat ko‘rib chiqilib, mahalla mas’ullari bilan muloqotlar o‘tkazildi.

 

✈️ Suhbatlar davomida aholi bandligini ta’minlash, daromad manbalarini ko‘paytirish, mavjud muammolarni aniqlash bilan bir qatorda, xonadonlarni xatlovdan o‘tkazish hamda aniqlangan ma’lumotlarni “Onlayn mahalla” platformasiga kiritish jarayonlari ham o‘rganildi.

 

✈️ O‘rganish davomida aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli vazifalar belgilab berildi. Aholi bilan ishlash samaradorligini oshirish, bandlikni ta’minlash va daromad manbalarini kengaytirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.