ISTE’MOLCHILARNING HUQUQIY SAVODXONLIGI OSHIRILDI

Juma, 25-sentabr, 2026

#targ‘ibot_tadbiri

 

ISTE’MOLCHILARNING HUQUQIY SAVODXONLIGI OSHIRILDI

 

📍 Navoiy shahrida aholining iste’molchilik sohasidagi huquqiy bilimlarini oshirish va kundalik xarid jarayonida o‘z huquqlarini to‘g‘ri himoya qilish ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.

 

✈️ O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Navoiy viloyati hududiy boshqarmasi mutaxassislari tomonidan Matonat MFY aholisi hamda Navoiy Davlat universiteti Tibbiyot fakulteti talabalari ishtirokida ochiq muloqotlar tashkil etildi.

 

🗣 Uchrashuvlarda iste’molchi sifatida xaridorning huquqiy maqomi, sifatsiz yoki talabga javob bermaydigan tovar va xizmatlarga duch kelganda ko‘rilishi lozim bo‘lgan choralar xususida fikr almashildi. Ishtirokchilarga savdo va xizmat ko‘rsatish jarayonida iste’molchiga taqdim etilishi shart bo‘lgan ma’lumotlar, tovarning sifati va xavfsizligiga qo‘yiladigan talablar yuzasidan tushuntirishlar berildi.

 

🔮 Shu bilan birga, xariddan oldin tovar haqida to‘liq ma’lumot olish, uning narxi va asosiy xususiyatlarini solishtirish, to‘lovni tasdiqlovchi hujjatlarni saqlab qo‘yish hamda kafolat shartlarini bilishning ahamiyati ta’kidlandi.

✅Tadbir ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan mutaxassislarga murojaat qilib, iste’molchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilishga oid savollariga batafsil huquqiy tushuntirishlar hamda amaliy tavsiyalar oldilar.