#targ‘ibot_tadbiri
ISTEʼMOLCHILARNING HUQUQIY SAVODXONLIGI OSHIRILDI
Qiziltepa tumanidagi Oqmachit MFYda xotin-qizlar ishtirokida isteʼmolchilar huquqlariga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Navoiy viloyati hududiy boshqarmasi mutaxassislari tomonidan tovar va xizmatlardan foydalanishda isteʼmolchilarning qonuniy huquqlari tushuntirildi.
Ishtirokchilarga xarid vaqtida tovar haqida to‘liq maʼlumot olish, to‘lov va xaridni tasdiqlovchi hujjatlarni saqlash, kafolat shartlariga rioya qilish hamda huquqlar buzilganda murojaat qilish tartibi bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.
Tadbir davomida xotin-qizlarning savollariga javoblar berilib, isteʼmol madaniyatini yuksaltirish va o‘z huquqlarini bilish muhimligi taʼkidlandi.
