"Sunʼiy intellektni kim nazorat qiladi? Raqobat, raqamli suverenitet va davlatning yangi roli"

Juma, 25-sentabr, 2026

Qo‘mita vakillari ICTWEEK Uzbekistan 2026 doirasida Future Intelligence Forum’da ishtirok etdilar

 

2026-yil 23-sentabr kuni Raqobat qo‘mitasi vakillari ICTWEEK Uzbekistan 2026 xalqaro axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi doirasida bo‘lib o‘tgan "Future Intelligence Forum"da ishtirok etdi.

 Raqamli iqtisodiyot, zamonaviy texnologiyalar va sunʼiy intellekt davrida davlat boshqaruvi masalalariga bag‘ishlangan forum doirasida Qo‘mita raisining o‘rinbosari F. Karabayev "Sunʼiy intellektni kim nazorat qiladi? Raqobat, raqamli suverenitet va davlatning yangi roli" mavzusidagi taqdimot bilan so‘zga chiqdi.

 Maʼruza va undan keyingi panel muhokamasi davomida sunʼiy intellektni rivojlantirish erkinligi, davlatning roli, raqamli bozorlarda raqobatni taʼminlash hamda O‘zbekistonning raqamli suverenitetini mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, innovatsiyalarni ortiqcha tartibga solish to‘siqlarisiz rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish, raqobat muhitini saqlab qolish, shuningdek, alohida bulutli infratuzilma yetkazib beruvchilari, sunʼiy intellekt modellari va texnologik platformalarga qaramlikni kamaytirish zarurligiga alohida eʼtibor qaratildi.

Future Intelligence Forumda ishtirok etish xalqaro ekspertlar va texnologik hamjamiyat vakillari bilan fikr almashish, sunʼiy intellektni tartibga solish bo‘yicha zamonaviy yondashuvlar bilan tanishish hamda texnologik rivojlanish, sog‘lom raqobat va raqamli suverenitetni uyg‘unlashtirishning amaliy mexanizmlarini muhokama qilish imkonini berdi.

 Taqdimotning asosiy maqsadlaridan biri sunʼiy intellektni rivojlantirish ochiq raqobat sharoitida amalga oshirilishi, yangi ishtirokchilarning bozorga kirib kelishi va o‘z texnologik yechimlarini rivojlantirishiga imkon yaratishi lozimligi taʼkidlandi.