NUROTA VA XATIRCHI TUMANLARIDA AHOLI BANDLIGI VA TADBIRKORLIK MASALALARI O‘RGANILDI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 11 sentyabrdagi PF–193-sonli Farmonida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi o‘rinbosari U.Davlatov Nurota va Xatirchi tumanlarida bo‘lib, aholi bandligini taʼminlash, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda yangi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Dastlab Nurota tumanida shtab aʼzolari bilan uchrashuv o‘tkazilib, mahallalardagi xatlov jarayonlari, yangi loyihalarni shakllantirish va aholi bandligini taʼminlash masalalari muhokama qilindi.
Chuya mahalla fuqarolar yig‘inida mahalla yettiligi faoliyati hamda tumanda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari vakillari bilan bevosita muloqotlar o‘tkazilib, doimiy ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha mavjud imkoniyat va takliflar o‘rganildi.
Shuningdek, Xatirchi tumanidagi Langar mahalla fuqarolar yig‘inida tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda ichki turizm salohiyatidan samarali foydalanishga oid masalalarga eʼtibor qaratildi.
Uchrashuv doirasida «Garden Langar» dam olish maskani va unga tegishli loyihalar bilan tanishilib, hududda eko-turizm va bog‘dorchilikni rivojlantirish bo‘yicha mavjud imkoniyatlar ko‘rib chiqildi.
