“Sun’iy intellektni boshqarish: tartibga solish hamda raqobatni ta’minlash bo‘yicha Yevropa Ittifoqi qonunchiligi va global strategiyalar” mavzusidagi seminar ishtirokchilariga sertifikatlar topshirildi

Payshanba, 25-dekabr, 2025

“Sun’iy intellektni boshqarish: tartibga solish hamda raqobatni ta’minlash bo‘yicha Yevropa Ittifoqi qonunchiligi va global strategiyalar” mavzusida o‘tkazilgan ikki kunlik xalqaro seminar o‘z ishini yakunladi.

 

Seminar doirasida sun’iy intellekt tizimlarini yuqori tavakkalchilik darajalariga ko‘ra tartibga solish, sun’iy intellekt modellarini huquqiy jihatdan boshqarish, sun’iy intellekt va kiberbarqarorlik o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik, shuningdek Yevropa Ittifoqining ushbu sohadagi ilg‘or tajribasi yuzasidan batafsil ma’lumotlar taqdim etildi. Shu bilan birga, “Sun’iy intellekt to‘g‘risida”gi Qonun (EU AI Act) hamda GDPR talablarining o‘zaro nisbati alohida muhokama qilindi.

 

Mazkur xalqaro seminar doirasida «Raqamli transformatsiya va autsorsing markazi» davlat muassasasi direktori Kichkilov Ravshan Hamzayevich, shuningdek muassasaning bir qator xodimlari faol ishtirok etib, seminar yakunida sertifikatlar bilan taqdirlandi.