«Raqamli transformatsiya va autsorsing markazi» DM tomonidan 170ga yaqin tashqi reklamalarga xulosalar berildi

Juma, 9-yanvar, 2026

Reklama bozorida sog‘lom raqobat muhitini yaratish, respublika aholi punktlari qiyofasini yaxshilash, shuningdek, tashqi reklama sohasidagi faoliyatni yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tashqi reklamani joylashtirish sohasidagi faoliyatni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risid”gi 702-sonli qarorining qabul qilinishi reklama bozorida sog‘lom raqobat muhitini yaratish, respublika aholi punktlari qiyofasini yaxshilash, shuningdek, tashqi reklama sohasidagi faoliyatni yanada takomillashtirishga qaratilgan.

Jumladan, mazkur qaror bilan oldindan ogohlantirishni ta’minlash, profilaktika samaradorligini oshirish va qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida reklama bozori subyektlari Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi huzuridagi «Raqamli transformatsiya va autsorsing markazi» davlat muassasasiga shartnomaga asosan ko‘rib chiqish uchun taqdim etilgan reklama ma’lumotlarning g‘oyalari, mavzulari va eskizlari bo‘yicha ixtiyoriy ravishda xulosalar berish  huquqi belgilab berilgan.

«Raqamli transformatsiya va autsorsing markazi»  tomonidan  tashqi reklamaga oid faoliyat subyektlariga reklama to‘g‘risidagi qonunchilikni qo‘llash masalalari bo‘yicha respublika bo‘yicha 40 dan ortiq o‘quv seminarlari tashkil etildi.. Shuningdek,reklama bozori ishtirokchilari bilan shartnomaga asosan reklama ma’lumotlarining g‘oyalari, mavzulari va eskizlari bo‘yicha 2024 yilda 60 ga yaqin xulosalar berilgan bo‘lsa, 2025 yilda bu raqam  170 ga yaqinni tashkil etdi.